TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov Vashingtonga qaytmoqda, deya yozadi RIA Novosti.
Antonovning ma’lum qilishicha, u umid va ishonch bilan to‘lgan kayfiyatda va Vashingtondagi hamkasblari bilan konstruktiv hamkorlikka umid qilmoqda.
“Vladimir Putin va Jo Baydenning Jenevadagi uchrashuvi yakunlariga ko‘ra teng huquqli, pragmatik munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda amerikalik hamkasblar bilan konstruktiv ishga umid qilmoqdaman. Ertaga, keyingi kunlar kabi, rejalar bor, uchrashuvlar tayinlangan. Katta ish kutib turibdi. Oldinga siljishga umid qilamiz”, - dedi Rossiya elchisi.
Rossiya va AQSh prezidentlarining Jenevadagi kelishuvlariga ko‘ra, ilgari chaqirib olingan elchilarni qaytarish qarori qabul qilingan edi.