Ginsburg: “Sputnik V” koronavirusning barcha ma’lum shtammlaridan himoya qiladi

Gamaleya markaz rahbari “Sputnik V” bugungi kunda ma’lum bo‘lgan koronavirusning barcha shtammlaridan himoya qilishini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bugungi kunda ma’lum bo‘lgan koronavirusning barcha shtammlaridan himoya qiladi. Bu haqda vaksinani yaratgan Gamaleya markazi rahbari Aleksandr Ginsburg “Rossiya-1” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Sputnik V”dan foydalanish natijasida olinadigan antitanachalar bugungi kunda ma’lum bo‘lgan koronavirusning barcha shtammlaridan, britanchadan boshlab, delta shtammi, hindcha shtammgacha, himoya qiladi”, - dedi Ginsburg. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Vaksina bepushtlikka olib kelishi mumkinmi - Ginsburg javobi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada so‘nggi kunlarda koronavirus qarshi emlanish uchun navbatga yozilganlar soni to‘rt barobarga oshib ketgani xabar qilingan edi.