TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2019-yil sentabridan buyon boshqarib kelayotgan Vadim Abramov o‘z lavozimini tark etdi.
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FAning raisi Abdusalom Azizov Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabi iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Azizovning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda milliy terma jamoa JCh-2022 musobaqasining uchinchi bosqichiga o‘tishi kerakligi ko‘rsatilgan edi.
Shuningdek, yig‘ilishda 33 yoshli Odil Ahmedov O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati—2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi hal qiluvchi o‘yinda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.