TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimr Putinning eng yaxshi jihati - bu uning dangal gapliligidir, dedi RF va AQSh prezidentlari muzokaralari tashkillashtirishda qatnashgan Shveysariya yetakchisi Gi Parmelen.
"Vladimir Putin gapni aylantiradigan odamlar toifasidan emas, u dangal gapiradi. Uning so‘zlari aniq maqsadga qaratilgan. Men uning bu jihatini qadrlayman", - degan Parmelen.
Shveysariya yetakchisi shuningdek, RF va AQSh prezidentlari o‘rtasidagi muloqot qanday kechishini boshidayoq his qilganini qayd etgan.
"Jo Bayden va Vladimir Putin besh daqiqacha suhbatlashishdi, va men, ular o‘rtasidagi muloqot, ikki inson o‘rtasidagi muloqot sifatida juda yaxshi kechayotganini payqadim", – degan Parmelen Shveysariyaning RTS telekanaliga bergan intervyusida.
16 iyun kuni Jenevadagi La Granj villasida Rossiya va AQSh prezidentlarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot tanaffusni hisobga olganda 4,5 soat davom etdi. Muzokaralardan so‘ng yetakchilarning har biri muloqot konstruktiv va pozitiv notada o‘tganini aytdi. Sammit yakuniga ko‘ra RF va AQSh yetakchilari qo‘shma bayonot qabul qilishdi. Hujjatda ikkala tomonning yadroviy urushda g‘oliblar bo‘lmasligi va bunday urush hech qachon boshlanishi kerakmasligi haqidagi tezisga sobitligi qayd etilgan.