TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy saytida yashirin bo‘lgan global qurg‘oqchilik muammosi haqida xabar beruvchi doklad e’lon qilingan. Qurg‘oqchilik navbatdagi pandemiyaga aylanishi mumkinligi prognoz qilinmoqda.
BMT hisobotida aytilishicha, XXI asrdagi qurg‘oqchilik ta’siri bilan bog‘liq xarajatlarning hisob-kitobiga ko‘ra, bu muammo kamida 1,5 milliard kishini qamrab olgan va butun dunyo bo‘ylab kamida 124 milliard dollar iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelgan. Haqiqiy iqtisodiy yo‘qotishlar ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan bir necha baravar ko‘p ekanligiga ishora qilingan, chunki tashkilot tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlar rivojlanayotgan mamlakatlar zararining bir qismini hisobga olmagan.
"Qurg‘oqchilik yaqin vaqtlarda keyingi pandemiyaga aylanadi, va unga davo bo‘ladigan vaksina yo‘q. Yaqin bir necha yillar ichida dunyoning kattagina qismi suv tanqisligi sharoitida hayot kechiradi, talab esa taklifdan ortib ketadi", — dedi BMTning ofatlar xatarini qisqartirish bo‘yicha boshqarmasi bosh kotibi Mami Midzutori.
"Qurg‘oqchilik yaqin vaqtlarda keyingi pandemiyaga aylanadi, va unga davo bo‘ladigan vaksina yo‘q. Yaqin bir necha yillar ichida dunyoning kattagina qismi suv tanqisligi sharoitida hayot kechiradi, talab esa taklifdan ortib ketadi", — dedi BMTning ofatlar xatarini qisqartirish bo‘yicha boshqarmasi bosh kotibi Mami Midzutori.
Midzutorining so‘zlariga ko‘ra, odamlar qurg‘oqchilik faqat Afrikaning cho‘l hududlarini qamrab oladi, deya yanglishmoqdalar. XXI asr oxiriga kelib dunyoning barcha davlatlari u yoki bu tarzda bu muammoga yuz tutadilar, deydi u.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, aholi sonining oshib borishi koinotda suv tanqisligi muammosini yanada murakkablashtirmoqda. Odamlar qurg‘oqchilik sharoitida besh ming yil yashashgan, ammo hozir vaziyat boshqa, deyiladi doklad matnida.
Ta’kidlanishicha, qurg‘oqchilikka yetaklagan asosiy omil - bu iqlim o‘zgarishi natijasida o‘zgargan yog‘ingarchilikdir. Shu bilan birga, suvni tejamay ishlatish, va qishloq xo‘jaligi faoliyati tufayli yer degradatsiyasi ham ushbu muammoga ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi.
Mami Midzutori hukumatlarga suvni topish, saqlash, suvdan foydalanish usullarini o‘zgartirish hamda yerni boshqarish borasida islohotlar o‘tkazishni taklif qilgan.