TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. “Sputnik V” yaratuvchilari koronavirus infeksiyasining hind shtammiga qarshi preparatni taqdim etishni rejalashtirmoqdalar.
Ta’kidlanishicha, bu avval kiritilgan preparat uchun qo‘shimcha doza bo‘ladi, bu uning ta’sirini kuchaytiradi.
Shuningdek, ishlab chiquvchilar kelajak – “vaksina kokteyllar”, ya’ni preparatlarning kombinatsiyasiga tegishli ekanligini ta’kidladilar.
"Biz barcha vaksina ishlab chiqaruvchilarni bizning preparatimizni koronavirus mutatsiyasiga qarshi ishlatishni taklif qilamiz", - deb qo‘shimcha qilishdi olimlar.
Nazorati organlari tomonidan tasdiqlanganlar soni bo‘yicha "Sputnik V" vaksinasi dunyoda ikkinchi o‘rinda - bu 3,4 milliarddan ziyod aholisi bo‘lgan 67 davlatda foydalanishga ruxsat berilgan. Preparat Gamaleya nomidagi markazida RFPI ko‘magida inson adenovirus vektorlarining yaxshi o‘rganilgan platformasida ishlab chiqilgan. Ishlab chiquvchilar uning samaradorligini 97,6 foizga baholashgan.