Birinchi sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushirildi

Qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirish mumkin
Sputnik
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. 2021-2022 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga 1-sinfga onlayn qabul uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirish mumkin.
Vazirlik xizmat Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazidagi umumta’lim maktablari uchun mavjudligini eslatgan.
O‘n beshinchi iyundan 1-sinfga qabul boshlanadi
Biriktirilgan mikrohududdan tashqari tanlangan ikkinchi va uchinchi maktablarda, maktab sig‘imidan kelib chiqib, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha o‘quvchilar o‘rni (kvota) ajratiladi.