TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oqibatlarini bartaraf etish davrida Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, migrantlarga hujjatlarni uzaytirmasdan Rossiyada bo‘lishga ruxsat berildi. RF prezidenti farmoni bilan ushbu davlatda noqonuniy bo‘lib turgan mehnat migrantlariga 2021-yil 30-sentabriga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berildi.
Farmonga asosan ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo‘lmagan migrantlar 30-sentabrgacha o‘zlarining maqomlarini qonuniylashtirish uchun Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlari yoki Rossiyani tark etishi mumkin.
Migrantlar hech qanday huquqbuzarlik sodir etmagan bo‘lsa 30-sentabrgacha mamlakatdan chiqarib yuborilmaydi.