NATO haqida
“Infratuzilmalarni chegaramizga yaqinlashtirib, NATOni sharq tomon kengaytirishning nima keragi bor edi? Yana siz aytasizki, bu biz o‘zimizni agressiv tutapmiz. Nima munosabat bilan? Rossiya hatto Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin Qo‘shma Shtatlar yoki Yevropaning boshqa mamlakatlari uchun biror bir tahdid tug‘dirdimi? Biz ixtiyoriy ravishda barcha o‘z qo‘shinlarimizni Sharqiy Yevropadan olib chiqdik. Odamlarimiz azob chekdi, u yerda yashash uchun normal sharoitlarga ega bo‘lmasdan, jumladan, farzandlari uchun o‘n yillab harbiylar oilalari yashashdi. Biz ko‘p xarajatlar qildik. Bunga javoban nima oldik? Bu yerdagi infratuzilmalar, chegaralarimiz yaqinida. Yana siz aytasizki, biz kimgadir tahdid qilyapmiz? Ha, biz muntazam mashg‘ulot o‘tkazamiz, jumladan, Qurolli kuchlarimiz uchun kutilmagan mashg‘ulotlarni o‘tkazamiz. Nega bu NATO hamkorlarining qandaydir xavotiriga sabab bo‘lishi lozim? Men tushunmayman”.
AQSh bilan munosabatlar
AQShning oldindan bilib bo‘lmaydigan harakatlari haqida
“Xalqaro munosabatlardagi eng asosiy muhimlik – bu barqarorlik va oldindan bilish. Biz, mening fikrimcha, o‘tgan yillarda amerikalik hamkorlarimiz tomonidan aynan shuni ko‘rmadik. Qanaqa barqarorlik va oldindan bilish, agar mamlakatni vayron qilishgan 2011-yildagi Liviyadagi voqealarni yodga olsak? Bu yerda qanaqa barqarorlik va oldin bilish bor? Har doim aytishardi, Afg‘onistondagi qo‘shinlar qoladi. Keyin birdaniga qo‘qqisdan Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqib ketilmoqda. Bu barqarorlik, oldindan bilishmi?”
Dalilsiz ayblovlar
Xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun
Xitoy haqida
O‘z vazifasi haqida
“Lekin hozir vaziyat boshqacha. Hozir muammolar bisyor, lekin vaziyat mutlaq boshqacha. Qachondir mening o‘rnimga albatta boshqa kishi keladi. Biz xalqaro terrorimzga qarshi kurashdik – xudoga shukur, uning ildizini bo‘g‘dik. Bu yana qayta tirilishi kerakmi? O‘ylaymanki, yo‘q. Siyosiy sahnada turli-tuman qarashlarga ega bo‘lgan turli kishilar paydo bo‘lishi mumkinligi boshqa gap. Bilasizmi, men o‘z taqdirimni mamlakat taqdiri bilan shunchalik bog‘laganmanki, men uchun hayotda Rossiyani mustahkamlashdan ko‘ra hech qanday boshqa, bundanda muhimroq vazifa yo‘q”.