TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. NATOning ikkita harbiy kemasi Qora dengiz akvatoriyasiga kirib keldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Milliy Mudofaani boshqarish markaziga asosan.
Bular boshqariluvchi raketalar bilan jihozlangan Britaniyaning "Defender" esminetsi va Niderlandning "Everton" fregati. Rossiya harbiy dengiz kuchlari ularning ortidan kuzatib turibdi, - deyilgan xabarda.
AQSh va NATO harbiy kemalari Qora dengizga kirishi – odatiy holga aylanib qolgan. Yanvar oyida u yerga “Porter” va “Donald Kuk” nomli esmineslar kirib chiqqandi. Mart oyida esa "Tomas Xadner" esminetsi va "Monterey" keyseri kirib kelgan edi. NATO xabariga ko‘ra, bu - Rossiya tomonidan harbiy kuch miqdori oshirilishiga javob bo‘lgan.
Moskva esa ushbu harakatlarga javoban Qora dengizda harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazgan edi. Mashg‘ulotlar qatoriga dengiz jangi ham kiritilgan edi.
1936 yilda imzolangan Montre konvensiyasi ushbu dengiz atrofida joylashmagan davlatlar harbiy kemalarining Qora dengizda bo‘lish muddatini 3 hafta deb belgilagan. Konvensiya shuningdek bir vaqtning o‘zida Qora dengizda 9tagacha xorijiy davlatlar kemalari bo‘lishini va ularing suv sig‘imi 30 ming tonnadan oshmasligini belgilaydi.
3 Fevral 2021, 15:48
Rossiya ham, o‘z navbatida Qora dengiz hududida bgona harbiy kemalarning bo‘lishi hududda barqarorlik bo‘lishiga xizmat qilmasligini bir necha bor ta’kidlagan edi.