TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Germaniya Federativ Respublikasi Telegramʼdan “qonunga bo‘ysunishni” talab qildi. Bu haqda “Spiegel” nashri xabar bermoqda.
Mazkur talab doirasida ushbu messenjer foydalanuvchilarining ma’lumotlari tergovchilarga taqdim etilishi hamda jinoyatchilikka daxldor kontent zudlik bilan yo‘q qilib borilishi darkor.
Hozirda Germaniya Adliya vazirligi boshqarmasi Telegramʼni jarima tortish bo‘yicha ikkita sud ishini ko‘rib chiqishni boshlagan. Kompaniya hukumat bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun vakolatli kishisini tayinlamagani hamda Germaniyadagi jinoyatchilikka daxldor materiallar ustidan qonunda ko‘zda tutilgan shikoyat arizasini berishni taklif qilmagani javobgarlikka tortilishning asosiy sababi bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, jarima miqdori 55 million yevrogacha bo‘lishi mumkin.