Bayden G7 sammitida qirollik qoidalarini buzdi

Qirollik protokoliga ko‘ra, Britaniyadagi barcha tantanali va rasmiy tadbirlarga mehmonlar qirollik oilasidan oldin kelishlari shart.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Kornuoll grafligidagi "Katta yettilik" (G7) sammitida qirollik protokolini buzdi. Bu haqda “Daily Mail” va “Mirror” nashrlari xabar bermoqda.
Qirollik protokoliga ko‘ra, Britaniyadagi barcha tantanali va rasmiy tadbirlarga mehmonlar qirollik oilasidan oldin kelishlari shart. Ammo Bayden va uning rafiqasi Jill tadbirga Britaniya qirolichasi Yelizaveta II dan keyin 5 daqiqa o‘tib kelgan. Qirolicha bilan shahzodalar Charlz va Uilyam hamda ularning rafiqalari Kamilla Parker Boulz va Keyt Middlton ham kelgan.
Tramp: Rossiya va Xitoy Bayden ustidan ochiqchasiga kulmoqda
Jurnalistlarning qayd etishicha, Amerika prezidenti kechikib kelishidan qirolicha norozilik bildirmagan va mehmonlar bilan xushmuomala bo‘lgan.
Bayden AQSh prezidenti sifatida ilk xorijiy safarga chiqqan. U 10-iyun kuni Angliyaning Karbis-Bey shahriga tashrif buyurib, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan uchrashdi. 13-iyun kuni Bayden Brusselga NATOga a’zo mamlakatlar sammitiga boradi. 16-iyun kuni Shveysariyada AQSh yetakchisining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.