TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Rossiyada o‘tgan kun davomida 13 510 ta koronavirus bilan kasallanishning yangi holatlari aniqlandi. Bu 15-fevraldan buyon eng yuqori ko‘rsatgich.
Aniqlangan kasallanish holatlarining eng yuqori hissasi Moskva shahri (6701), Moskva viloyati (889) va Sankt-Peterburgga (867) to‘g‘ri kelmoqda.
Kecha 9 986 kishi koronavirusdan tuzalgan. Shu bilan birga, 399 bemor vafot etgan.
25 Aprel 2021, 14:44
Moskva meri Sergey Sobanin shaharda epidemiologik vaziyat og‘irlayotganini bildirib, lokdaun joriy etish rejalashtirilmayotganini aytdi. U moskvaliklar va shahar mehmonlarini Rospotrebnadzor talablariga rioya qilishga chaqirdi. Sobaninning so‘zlariga ko‘ra, emlanish pandemiyani yengeshning yo‘lidir. Shu bois u aholidan emlanishni ortga surmaslikni so‘radi.
Koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon Rossiyada 5,1 milliondan ziyod kishi virus yuqtirib olgan. Shulardan 4,7 milliondan ortig‘i shifo topgan. Jami 126 073 ta o‘lim holati qayd etilgan.