Oleg Malginov fuqarolarni Rossiya kuni bilan qutladi

Elchining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, Rossiya va O‘zbekiston bugun barcha jabhalarda ikki tomonlama hamkorlikni maksimal kengaytirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov barcha fuqarolarni, jumladan, respublika hududida yashayotgan vatandoshlarni Rossiya kuni bilan muborakbod etdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
“Bugungi ayyomni mehmondo‘st o‘zbek zaminida nishonlayotganimdan g‘oyat shodman. Ishonchi komilki, bayramni biz bilan minglab bu yerda xizmat vazifasi bilan bo‘lib turganlar va yashayotgan Rossiya fuqarolari, million sonli vatandoshlarimiz diasporasi va shunchaki Rossiyaning minglab do‘stlari baravar nishonlamoqda”, - dedi Rossiya elchisi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, Rossiya va O‘zbekiston bugun barcha jabhalarda ikki tomonlama hamkorlikni maksimal kengaytirib, rivojlantirmoqda – siyosat va iqtisodiyotdan tortib, energetika, ta’lim va ilm-fangacha.
Rossiya va O‘zbekiston kuni kecha nihoyalangan Peterburg xalqaro iqtisodiy forum doirasida energetika, kimoviy sanoat, respublika transport infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan salmoqli bitimlar tuzdi.
Oleg Malginov
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi
Rossiya elchisi so‘zlarining tasdig‘isi sifatida kuni kecha Chelyabinskda ikki tomonlama “Rossiya-O‘zbekiston: o‘zaro foydali hamkorlikdan strategik ittifoqchilikkacha” forumi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tganini keltirdi. Qolaversa, 16-17 iyun kunlari Tatariston rahbari Rustam Minnixanov “Tatariston-O‘zbekiston” biznes forumida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyuradi.
Diplomat joriy yilda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rasmiy tashrifi doirasida Ikkinchi hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tishi va bu ham o‘z navbatida ikki mamlakat mintaqalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlariga ijobiy turtki berishini urg‘uladi.
Oleg Malginov: Rus tili o‘zbek madaniyatini jahonga tarqatishda yordam berdi
Tabrik so‘zining yakunida Malginov Rossiya va O‘zbekistonga farovonlik va ravnaq tiladi.
12 iyun Rossiyaning asosiy davlat bayramlaridan biri sanaladi – Rossiya kuni. Bu ayyom Rossiya bo‘ylab keng nishonlanadi va dam olish kunidir.