Xonanda Jasur Umirovga tayinlangan sud hukmi o‘zgartirildi

O‘zbekiston Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining yopiq sud majlisida mazkur jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi va sudlangan J. U. ning advokati tomonidan kassatsiya tartibida bergan shikoyatlari asosida ushbu jinoyat ishi ko‘rib chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. 2021-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining yopiq sud majlisida mazkur jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi va sudlangan J. U. ning advokati tomonidan kassatsiya tartibida bergan shikoyatlari asosida ushbu jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, J. U. ga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2021-yil 2-fevraldagi hukmi va Samarqand viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2021-yil 12-martdagi ajrimi o‘zgartirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2021-yil 2-fevraldagi hukmiga ko‘ra, J. U. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Samarqand viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2021-yil 12-martdagi ajrimi bilan ushbu hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Xonanda Jasur Umirov 5-yilga qamaldi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ajrimiga ko‘ra, J. U. ga Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, unga 5-yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) 1-qismi talablariga muvofiq ushbu jinoyat ishiga oid boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.