TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifining ikkinchi kunida Xo‘jand shahriga yetib keldi.
O‘zbekiston prezidentini Xo‘jand aeroportida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Axmadzoda va boshqa rahbarlar kutib olishdi.
Tashrifi oldidan Xo‘jand shahrida katta tayyorgarlik ko‘rilgan, aeroport va ko‘chalar ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan.
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Tadjikistan, 2-den
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezidentlar qisqa uchrashuvdan so‘ng Arbob saroyiga yo‘l olishdi. U yerda ikki respublika intelligensiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon "Baxri Tochik" (Tojik dengizi) suv omboriga, So‘g‘d gilam fabrikasiga hamda Vahdat bog‘idagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishadi.
Ma’lmuot uchun, Arbob saroyi – 1950-yillarda Sankt-Peterburgdagi Petergof saroyi arxitektura uslubida qurilgan. Oldin bu yer kolxozchilar madaniyat saroyi bo‘lgan. Ushbu saroy Tojikiston uchun alohida ahamiyatga ega. 1992-yilda aynan ushbu saroyda Tojikiston mustaqilligi e’lon qilingan. 1990-yillar oxirida Tojikistonda fuqaro urushida tinchlik sulhi ham shu yerda tuzilgan.
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Tadjikistan, 2-den
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana