TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida 100 million dollarlik loyihani amalga oshirish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha doirasida maktablarda 7–11-sinflarda STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) yo‘nalishida ta’limini rivojlantirishga qaratilgan.
Loyiha STEM fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklarning amaldagi standartlarini saqlab qolish va takomillashtirish, o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, maktablar uchun zarur jihozlarni sotib olishni ko‘zda tutadi.
Shuningdek, maktab binolarini ta’mirlash va ta’lim texnologiyalari rivojlantiriladi.
Bundan tashqari, loyihada O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Loyiha 2020-2022 yillarda O‘zbekiston uchun Mamlakat operatsiyalarining biznes-rejasi (COBP), hukumatning so‘nggi tashabbuslari va O‘zbekiston Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.