TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. 10-iyundan Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha yana ikkita muntazam parvoz yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi seshanba kunlari HY603, “Aeroflot” esa payshanba kunlari qo‘shimcha SU1891 reysini amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, hozir Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasi Moskva-Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni har yakshanba kunlari, “Uzbekistan Airways” esa Toshkent-Moskva-Toshkent reysini har shanba kunlari amalga oshirmoqda.
Muntazam parvozlardan hamma O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda yashash uchun guvohnomaga ega bo‘lgan xorijliklar foydalanishlari mumkin.
Toshkent-Moskva yo‘nalishida parvoz etishda davom etayotgan qolgan reyslar charterligicha qolmoqda. Ularga chipta xarid qilish uchun Rossiyaga kirish uchun asos bo‘lishi lozim.