TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Rossiyaning 2020-yil uchun ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi davlat mukofotiga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi yaratuvchilari munosib topildi. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamchisi Andrey Fursenko ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
Mukofot Gamaleya nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg, uning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Denis Logunov hamda Rossiya Qurolli kuchlari 48-radiatsiya, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlarning markaziy ilmiy-tadqiqot instituti boshlig‘i, tibbiy xizmat polkovnigi Sergey Borisevichga topshiriladi.
Ular mukofotga Ebola bezgagi va koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarish va joriy etganlik uchun loyiq ko‘rilgan.
12 iyun kuni olimlar Kremlda nishon, diplom va pul mukofotini olishadi. Rossiya prezidenti farmoni bilan davlat mukofoti miqdori 10 million rublgacha ko‘paytirilgan.