Qo‘shma manyovrlar: Rossiya va O‘zbekiston spesnazlari nimaga tayyorlanmoqda

Rossiya va O‘zbekiston qurolli kuchlari maxsus bo‘linmalarining hamkorlikdagi aksilterror mashg‘ulotlari an’anaviy tus olgan va strategik Markaziy Osiyo yo‘nalishidagi umumiy xavfsizlik tahdidlariga mos ravishda javob qaytarish imkonini beradi.
Sputnik
Krasnoyarsk o‘lkasi janubidagi "Yergaki" o‘quv markazida 8-13 iyun kunlari Rossiya Markaziy harbiy okrugi va O‘zbekiston Respbulikasi maxsus kuchlari bo‘linmalarining hamkorlikdagi taktik-maxsus mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Ikki mamlakat maxsus kuchlari bo‘linmalari Sayan tog‘ tizmalaridagi murakkab tog‘li o‘rmon marshrutini maxsus anjomlar yordamida yengib o‘tib, qidiruv hamda razvedkaga ishlarni olib bormoqdalar, shartli jinoiy uyushma tayanch lagerini egallab, yaradorlar evakuatsiyasi va dushman ortida oziq-ovqat topish usullarini mashq qilishmoqda. Razvedkachi ega bo‘ladigan turli modifikatsiyadagi texnik vositalar va lazer qurilmalarini ishlatishni o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Sibir maxsus kuchlari brigadasining jangovar tayyorgarligida snayperlar ishiga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu sohada rossiyalik va o‘zbekistonlik mutaxassislar maxsus operatsiya kuchlari normativlari bo‘yicha o‘q uzishni bajarish bo‘yicha tajriba almashishlari mumkin. Poligonda sibirliklar 200 metr masofadan turib Rossiyada ishlab chiqarilgan SVD-S, SV-98 va "Vintorez" miltiqlaridan gugurt qutisini o‘qqa tutishmoqda.

O‘zbekiston spesnazlari NATO mamlakatlaridagi hamkasblari ishtirokida o‘tkazilgan nufuzli xorijiy musobaqalarda ko‘plab marotaba g‘olib bo‘lganlar.

RF va O‘zbekiston Respublikasi spesnaz bo‘linmalari hamkorligi geografiyasi tasodifiy emas. Rossiya Markaziy harbiy okrugi Markaziy-Osiyo strategik yo‘nalishida alohida o‘rin tutadi, o‘z tarkibida xorijiy obyektlarga ega – Tojikistondagi 201-harbiy baza va Qirg‘izistondagi birlashgan harbiy bazaga.
Okrug qo‘shinlari KXShT va MDH mamlakatlari do‘stona armiyasi, jumladan O‘zbekiston armiyasi bilan ham faol hamkorlik qilib keladilar.
Sal avval MHO qo‘mondoni Aleksandr Lapin yozgi mavsumda okrug qo‘shinlari va kuchlari ishtirokida Rossiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hududida to‘qqizta hamkorlikdagi (xalqaro) mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tishi haqida aytgan edi. Shular orasida "Tinchlik missiyasi-2021" aksilterror mashg‘ulotlari bosh maqomga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston va Rossiya: vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik

Afg‘on omili

Noqonuniy qurollangan uyushmalar (terroristik guruhlar) dala lagerlari yo‘q qilinishi mavzusi, "dushman orqasida" spesnaz mashg‘ulotlari - Markaziy Osiyo yo‘nalishida voqealarning ehtimoliy rivojlanishini aks ettiradi. Avvalroq, 2020-yil dekabr oyida Termiz poligonida Rossiya va O‘zbekiston spesnaz bo‘linmalarining (200 ga yaqin harbiy xizmatchilar) qo‘shma taktik va maxsus mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan edi. Bu singari tadbirlar ikki mamlakat qurolli kuchlari o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni amaliy mustahkamlash va rivojlantirish, maxsus operatsiyalarni o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashish uchun o‘tkaziladi. Eslatib o‘taman, O‘zbekiston maxsus kuchlari Rossiyaning "Yergaki" markazida 2017-yildan beri rejali asosda mashq qilib kelishadi. Toshkent KXShTga kirmaydi, ammo shunday bo‘lsada, Moskva bilan harbiy-siyosiy yaqinlashuv zarurati va tendensiyasi ayondir.
ShHT: maxsus xizmatlar 2-yillik terrorizmga qarshi kurashish dasturini ma’qullashdi
Qo‘shni Afg‘oniston mintaqada va dunyoda diniy va terroristik ta’sirini kengaytirishga intilayotgan jihodchilar uchun qulay maydon bo‘lib qolmoqda. Mamlakatning aksar provinsiyalari (viloyatlari)da og‘ir janglar davom etmoqda, ular mamlakat tashqarisiga chiqib ketishi xavfi mavjud. AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqib ketishi bilan (bugungi kunda qo‘shinlarning 50 foizi olib chiqilgan), Rossiya va O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari ahamiyati ortib bormoqda - bu umumiy xavfsizlik tahdidlariga birgalikda javob berish uchun muhim. 28-aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya birinchi marta mamlakatlar o‘rtasida 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan harbiy sohadagi strategik sheriklik dasturini imzolagani bejiz emas. 22-24 iyun kunlari Moskvada o‘tkaziladigan xalqaro xavfsizlik bo‘yicha IX anjumanda O‘zbekiston harbiy idora vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

"Al-Qoida"*, "Islom davlati"*, "Tolibon"* va boshqa ko‘psonli terroristik uyushmalar bugungi kunda Afg‘onistonning aksariyat provinsiyalarini egallab olishgan. Ular integrallashib, allaqanday "Islom amirligi"ni tashkil qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Jangarilar faolligi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya janubi tomon kuchayishi mumkin. Mana shunday xavotirli fonda Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma harbiy manevrlari soni ortishi, shu jumladan Shimolda maxsus operatsiyalar mashg‘ulotlari o‘tkazilishi kutilgan voqeadir.
O‘zbekistondagi eng katta poligonda dala-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Dengiz sathidan 1350 m balandlikda joylashgan G‘arbiy Sayan etagidagi "Yergaki" harbiy-sport o‘quv markazida spesnaz tayyorgarligi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Desant tashlash uchun vertlot maydonchasi jihozlangan, qoyatoshli poligon, sport majmuasi, uyg‘unlashtirilgan biatlon majmuasi, o‘quv xonalari, tuz xonasi va reabilitatsiya uychalari mavjud. Shulardan so‘nggisi - dabdaba uchun emas, balki zaruratdan jihozlangan.
Razvedkachilar guruhlari kesib o‘tiladigan territoriyalarda to‘liq anjomlangan holda, bronejiletlarda, qurol va boyepripaslar, kuzatuv va razvedka vositalari, minalash va portlatish vositalari, yegulik va suv solingan rukzaklarni ortgan holda sutkalab davom etadigan o‘tishlarni amalga oshiradilar.
O‘ta yaxshi jismoniy tayyorgarlik, chidamlilik, emotsional bardoshlilik, zakovat, a’lo darajadagi ko‘rish va eshitish qobiliyati, aniq nishonga o‘q uza bilish – bor kuch bilan mashq qilish va kuchni to‘g‘ri tiklash jarayonlarini talab qiladi. Bir yil ichida "Yergaki" markazida 1000dan ziyod spesnaz kuchlari o‘z jangovar qobiliyatlarini yanada mukammalashtirib olish imkoniyatiga egadir. Bu yerda yaqin va uzoq qo‘shni davlatlar ishtirokida xalqaro harbiy va sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Obyektiv reallik

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi harbiy-siyosiy hamkorlik mintaqaviy barqarorlikni saqlashning eng muhim omilidir. Rossiya Federatsiyasi harbiy sohada O‘zbekistonning asosiy ittifoqchisi va milliy qurolli kuchlar uchun eng yirik qurol yetkazib beruvchi hisoblanadi.
Rossiya va O‘zbekiston harbiy sohada hamkorlikni kuchaytiradi - dastur tayyor
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik sohasida 12 ta shartnomani amalga oshirish ishlari davom etmoqda, ular bo‘yicha Toshkent yangi radiolokatsiya majmualari, Su-30SM qiruvchi samolyotlari va Mi-35M zarba vertolotlarini oladi. Yirik shartnoma katta partiyada Rossiyaning K53949 "Tayfun" bronetransportini yetkazib berilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston RFdan qurol-yarog‘ va texnikani Rossiya ichki narxlarida oladi (2016 yildan beri KXShT zonasidan tashqarida bo‘lgan MDHdagi yagona davlat bunday imtiyozga ega).
AQSh Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon O‘zbekistonni tanlaydimi?
Suveren O‘zbekistonning harbiy doktrinasi mudofaa xarakteriga ega. Toshkent harbiy-siyosiy ittifoq va koalitsiyalardan masofa saqlab keladi. Qonun O‘zbekiston armiyasining chet eldagi jangovar harakatlarda ishtirok etishi va O‘zbekiston hududida chet el harbiy bazalari joylashtirilishi taqiqlaydi. Shunga qaramay, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona mudofaa makonidan tashqarida qolishi mumkin emas.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi harbiy-siyosiy yaqinlashuv 2017-yilda "Harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi" bitim tuzilgandan so‘ng faollashgan edi. Qo‘shinlarning hamkorlikdagi manyovrlari qayta tiklandi. So‘ngra, 2018-yilda Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirlari Toshkentda havo kengligidan o‘zaro foydalanish to‘g‘risida bitim imzoladilar. Umumiy tarix, geografiya va tahdidlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada kuchaytirishni taqozo etadi.

* – RF va qator boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terroristik uyushmalar.