TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Niqobli jangarilar Afg‘onistonda minalardan tozalash bilan shug‘ullanuvchi ingliz-amerika HALO Trust notijorat tashkilotining 10 nafar xodimini o‘ldirishdi, deb xabar qildi mahalliy telekanal 1TV manbasiga asoslanib. RIA Novosti.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bu hujum mamlakat shimoli-sharqidagi Bag‘lon viloyati, Bag‘lon Markazi tumanida sodir bo‘ldi. Shuningdek, 14 nafar xodim yarador bo‘lgan.
Rasmiylar telekanalga bergan ma’lumotga ko‘ra, hujum "Tolibon" radikal harakati jangarilari tomonidan uyushtirilgan.