"Andijon muzqaymoqlari"da ichak kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar aniqlandi

Reyd tadbirlari davomida 132 aravachadagi 1 tonnadan ortiq muzqaymoqlar iste’molga yaroqsiz deb topilgan.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda ommalashgan "Andijon muzqaymoqlari" ustidan reyd tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar berildi "Bu kun" informatsion dasturida.
Aslida “Andijon muzqaymog‘i” brendi kimga tegishli?
Xabarda aytilishicha, 29-maydan boshlab Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi, soliq xizmati va ichki ishlar xodimlari tomonidan "Andijon muzqaymoqlari" ustidan reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlar davomida 132 aravachadagi 1 tonnadan ortiq muzqaymoqlar iste’molga yaroqsiz deb topilgan. Sababi, laboratoriya tashxislarida muzqaymoqda ichak tayoqchasi qo‘zg‘atuvchisi hamda stafilokokk aureus qo‘zg‘atuvchisi aniqlangan.
SEO va JSX Toshkent shahar boshqarmasi ovqatlanish bo‘limi mudiri Feruza Xo‘jayevaning ta’kidlashicha, ushbu muzqaymoq sotuvchilarining aksariyati Andijon viloyati Jalaquduq tumanida ishlab chiqarilayotgan muzqaymoqqa berilgan sertifikat nusxasini olib yuribdi. Bu ruxsatnomalar sotish uchun mo‘ljallanmagan, deydi u.
Shu kungacha mazkur muzqaymoqda kasallanish holati kuzatilmagani qo‘shimcha qilingan.
Sal avval "Andijon muzqaymoqlari" savdo belgisi kimga tegishliligi haqida xabar bergan edik.