TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ochiq osmon shartnomasini denonsatsiya qilish to‘g‘risida qonunni imzoladi. RIA Novosti.
Endi Kanada va Vengriya (Shartnomaning depozitariylari) shartnomadan chiqishi to‘g‘risida bildirish yuboriladi, olti oydan so‘ng kelishuvdagi ishtiroki to‘xtaydi.
Ochiq osmon shartnomasi (DON) sovuq urushdan so‘ng Yevropada ishonchni mustahkamlash choralaridan biri bo‘lgan edi: bu hujjat 34 a’zo davlatlarga bir-birlarining harbiy kuchlari va faoliyati to‘g‘risida ochiq ma’lumot to‘plash imkonini berdi.
O‘tgan yil may oyida AQSh 22-noyabrda shartnomani bekor qilish tartibini boshladi. 2021-yil yanvarda Moskva ham shartnomadan chiqish bo‘yicha idoralararo harakatlar boshlanganligini e’lon qildi. 19-may kuni Davlat Dumasi hujjatni denonsatsiya qilish loyihasini ko‘rib chiqdi va 2-iyun kuni yuqori palata tomonidan ma’qullandi.
33 davlat shartnomaning ishtirokchisi bo‘lib qolmoqda.