Telekanal xabariga ko‘ra, ikkita yo‘lovchi poyezd Sind viloyati Gotki shahri hududidagi temir yo‘l bekatlari o‘rtasida to‘qnashib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir poyezd relsdan chiqib ketgan ikkinchi poyezdda kelib urilgan.
Mahalliy hukumat vakili Usman Abdulla to‘qnashuv oqibatida kamida 30 nafar yo‘lovchi qurbon bo‘lganini tasdiqlagan va yana bir necha kishi poyezd bo‘laklari ostida ekanini qo‘shimcha qilgan.
Voqea joyiga politsiya va qutqaruvchilar yetib kelgan. Hududda poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.