TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston jamoasi qo‘l jangi bo‘yicha o‘rtasidagi Jahon chempionatida sakkizta medalga ega chiqdi. Chempionat 5-7 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Milliy jamoaning 2 nafar vakili finalda g‘alaba qozonib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, sportchilar yana 4 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ham sazovor bo‘lishdi.
Oltin:
-70 kg: Olimjon Normurodov
-55 kg: Maftuna Quvondiqova
-70 kg: Olimjon Normurodov
-55 kg: Maftuna Quvondiqova
Kumush:
-45 kg: Nargiza Nazikulova
-55 kg: Javohir Sobitov
-55 kg: Sabrina Rajabova
-75 kg: Jahongir Jumayev
-45 kg: Nargiza Nazikulova
-55 kg: Javohir Sobitov
-55 kg: Sabrina Rajabova
-75 kg: Jahongir Jumayev
Bronza:
-45 kg: Shirinoy Zohidova
-55 kg: Bekzod Atajonov
-45 kg: Shirinoy Zohidova
-55 kg: Bekzod Atajonov