TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. 6-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Chorvoqda fuqarolar o‘rtasida janjal, ommaviy mushtlashuv” kabi izohlar bilan video xabar tarqatildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB rasmiy munosabat bildirdi.
19 Aprel 2021, 16:21
Ta’kidlanishicha, hodisa tasvirga tushirilgan joy Bo‘stonliq tumanidagi “Piramida -Chorbog‘ oromgohi” sohili. Sohilda dam olish 2021-yil 3-iyun kunidan rasmiy ochilgan. Shu vaqt oralig‘ida bu kabi hodisa ro‘y bermagan va IIOga hech qanday murojaat kelib tushmagan.
Aniqlanishicha, tasvirga olingan holat 2018-2019 yil oralig‘ida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunga sabab qilib hozirda ushbu sohilning suvi va ko‘rinishi hamda uning atrofidagi muhit va boshqa jarayonlar o‘zgarganligi misol qilib ko‘rsatilgan.
Hozirda Bo‘stonliq tumani IIB hodisa tafsilotlarini surishtirmoqda.