TOShKENT, 4-iyun – Sputnik. Kecha O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 101 ming nafardan ortib, davolanganlar soni 97 ming nafardan oshdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Kuni kecha O‘zbekistonda 201 kishida koronavirus aniqlandi. Shu bilan koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101198 nafarga yetdi.
Kecha kun davomida 188 bemor kasallikdan sog‘aydi va sog‘ayganlar soni jami 97 077 nafarga yetdi (sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda).
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 695 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3426 nafar bemor davolanmoqda.