Narbayeva va Ashimbayev hamkorlik memorandumini imzoladi

Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. 3 iyun kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga katta ahamiyat berayotgani ta’kidlandi. Transport kommunikatsiyalari va tranzit tashuvlari, mehnat migratsiyasi, suvdan foydalanish, madaniyat, ta’lim, gender tenglik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar Samarqandda Qozog‘iston Konsulxonasi, Chimkent shahrida esa O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochilishini olqishladilar.
Vstrecha predsedateley verxnix palat parlamentov Uzbekistana i Kazaxstana
Shuningdek, hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan ixtisoslashgan qo‘mitalar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, xalqaro parlament tuzilmalari (PI, YeXHT PA, MDH PA), shuningdek boshqa qator xalqaro tashkilotlar doirasida umumiy tashabbuslarni ilgari surish, deputatlar o‘rtasida hududlararo hamkorlik o‘rnatish, huquqiy bazani tezlikda shakllantirish, pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Predsedatel Senata parlamenta Kazaxstana Maulen Ashimbayev
2021-2022 yillarda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Qozog‘iston parlamenti huzuridagi Parlamentarizm instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzoladilar.
Vstrecha predsedateley verxnix palat parlamentov Uzbekistana i Kazaxstana
Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil etildi.