"Shimoliy oqim— 2"ga qarshi so‘nggi jang boshlandi

“Shimoliy oqim-2” - bugun Germaniyaning eng katta muammosiga aylangan. Sabab - saylovoldi raqobat: muxolifat yashilllar partiyasi ShO-2ning salbiy tomonlaridan mavjud hukumatga qarshi foydalanmoqda.
Sputnik
Bir hafta oldin Rossiyada Germaniyaning 3ta nodavlat tashkiloti faoliyati “nomaqbul” deb topilganida, Berlin bundan norozi bo‘lgan edi. Masalan Germaniya TIV rahbari Xayko Maas shunday dedi:
“Bizning davlatlar va xalqlar orasidagi o‘zaro tushunishni mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan tashkilotlar faoliyatini ta’qiqlash – bu bizning Rossiya bilan munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan faoliyatimizga jiddiy zarba bo‘ldi. Rossiya Bosh prokuraturasining fuqaro jamiyati sohasida faoliyat yuritayotgan uchta nemis tashkilotlari faoliyatini ta’qiqlash haqidagi qarori - g‘ayrioddiy va qabul qilib bo‘lmaydigan”.
Kiyev AQShdan “Shimoliy oqim-2” bo‘yicha sanksiyalarni qaytarishni talab qilmoqda
Oddiy so‘zlar bilan aytganda, biz ruslar bilan munosabatlarni yaxshlashga urinsak ham ular bizning jamoat tashkilotlarimizni ishlashga qo‘ymayapti. “Ruscha gapiruvchi yevropaliklar forumi”, “Nemis-rus almashuvi” va “Liberal zamonaviylik markazi” kabi nemis-rus do‘stligini mustahkamlovchi tashkilotlar faoliyati nega cheklandi, demoqchi.
Javob juda tez topildi: oradan ikki kun o‘tib “Liberal zamonaviylik markazi” saytida uning asoschisi va rahbari Ralf Fuks 80ta siyosatchi va ekspertning Angela Merkelga “Shimoliy oqim-2”dan voz kechish haqidagi ochik xatini qo‘llab quvvatladi. Albatta ushbu xat nodavlat tashkilot Rossiyada yopilishidan ancha oldin tayyorlangani shubhasiz.
Shu o‘rninda masalaga yana bir tomondan nazar solish kerak. Ayni damda Germaniyada Merkel boshchiligidagi XDS va “Yashillar” partiyalari orasida saylovoldi raqobat avj olmoqda. Rossiyada yopilgan “Liberal zamonaviylik markazi” esa “Yashillar” bilan chambarchas bog‘liq va uning chiqishlari ushbu partiyaning kanslerlikka nomzodi Annaleni Berbokni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ha, bugun Germaniyaning eng katta muammosi bu iqtiod, yevrointegratsiya yoki boshqa milliy muammolar emas – aynan “Shimoliy oqim-2”.
O‘tgan haftada Jo Bayden deyarli qurib bitkazilgan gaz quvuriga sanksiyalar kiritish befoyda deb aytgan edi. Shundan so‘ng hamma tinchlanadi deb o‘ylagan bo‘lsangiz xato qilasiz. Bayden Germaniya bilan munosabatlarni buzishni istamagan bo‘lsa-da, Germaniyaning o‘zida uning milliy manfaatlariga qarshi oxirigacha borishi tayyor bo‘lganlar yetarli ekan.
Hammasi Moskvaning “o‘zini tutishiga” bog‘liq: nemislar “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatadimi?
Petitsiyaga imzo qo‘ygan 80 nafar taniqli “Siyosatchilar, olimlar va harbiylar” orasida butun dunyo vakillari bor. Ukraina sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Klimkin, bir talay sobiq AQSh elchilari, Polsha va Boltiqbo‘yi vakillari, hatto “Kelajakdagi ajoyib Rossiya”dan taniqli “demokratiya kurashchisi” Vladimir Milov ham bor.
Imzo qo‘yganlarning bir narsa birlashtiradi - ularning barchasi qat’iy atlantistlar (NATO tarafdorlari), Germaniyaning “yashillar” partiyasi vakili Annalena Berbok kabi. U o‘zining birinchi chiqishidayoq “Shimoliy oqim-2”ni darhol to‘xtatishni talab qilgan edi.
“Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritayotgan bir vaqtda Germaniyaning hozirgi hukumati “Shimoliy oqim-2”ni qo‘llab-quvvatlashi – sanksiyalar ta’sirini kamaytirmoqda. Bunday siyosatni darhol to‘xtatish kerak”, - degan edi Berbok.
Tepada aytilgan “80 kishi murojaati”da “Shimoliy oqim-2”ning quyidagi “xavflari” tilga olingan:
"U yevropacha yakdillik va transatlantik munosabatlarga putr yetkazadi;
Iqlim borasida Yevropa va Germaniyaning yangi maqsadlariga qarama-qarshi;
Ukraina xavfsizigiga tahdid soladi;
YeIning umumiy tashqi energetik siyosatiga qarama-qarshi".
Tepada keltirilgan Xatda yana “Shimoliy oqim-2” tarixi va Rossiya ichki tuzilishiga doir maslalar ham aytib o‘tilgan.
Xususan, “ShO-2 “Qrim anneksiyasidan” so‘ng va Rossiya Ukraina sharqiga intervensiya qilgan vaqtida” imzolangan ekan. Shuningdek, Ukrainaga qarshi e’lon qilinmagan urush hozir ham olib borilayotgan va Rossiya ichida demokratik jamiyatga qarshi repressiyalar kuchayib borayotgan” ekan.
Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishi tarafdori – Merkel
Esingizda bo‘lsa, Tramp saylovlaridan so‘ng Rossiyani saylovlarda aralashishda ayblab “G‘arb demokratiyasiga hujum” mavzusida bir qator maqolalar chop etilgan edi. Endi bo‘lsa, "Wandel durch Handel"- “Savdo orqali o‘zgartirish” strategiyasi ish bermadi: ya’ni “demokratik jamiyat vakillarini” hukumat boshiga olib kela olmaganidan va Rossiyaning tashqi siyosatini o‘zgartira olmagani tan olindi.
Buning hayratlanarli joyi yo‘q, lekin o‘zlarining Rossiyaga qarshi faoliyatini tan olib turgan bir vaqtda, Rossiyaning qarshi choralariga nega hayron bo‘lishmoqda?
“Liberal zamonaviylik markazi” kabi tashkilotlar bilan qanday yo‘l tutish kerak? Axir bunday tashkilotlar nafaqat Rossiya manfaatlariga qarshi, balkim rus-nemis munosabatlariga qarshi faoliyat olib bormoqda. Berlin bor imkoniyati bilan o‘z suverenitetini himoya qilayotgan bir vaqtda, ular nafaqat Germaniya balkim butun Yevropani AQShga, aniqrog‘i atlantistlarga, tobe qilib qo‘yish tomon harakat qilmoqda.
"Shimoliy oqim— 2" –transatlantik munosabatlardagi allaqachon vaqti kelgan yangi boshlanishlar uchun to‘siq bo‘ladi... Moratoriy — bu umumiy Yevropa nuqtayi nazarini ishlab chiqish vaqtidir. Uning yana bir muhim jihati – u Rossiya rahbariyati uchun, yevropacha tartibning asosi bo‘lgan, xalqaro huquq va qoidalar buzilishi salbiy oqibatlar olib kelishi haqida signal bo‘ladi”, - deyilgan xatda.
Ruslarga yevropacha tartib-qoidani uqtirish uchun o‘z oyog‘iga o‘zi o‘q uzgan yaxshimi yoki atlantik bo‘yinbog‘ni yanada qattiqroq siqish maqulmi? Ushbu xatni yozganlar o‘z talablarining qanchalik bema’ni ekanini ham tushunishmayapti. Xo‘sh, unda nima sababdan Yevropaning katta qismi va hatto oddiy nemislar ham ShO-2 Yevropa uchun zararli ekaniga ishonishmoqda?
Chunki bu yerda gap ikkita Yevropa haqida ketmoqda: biri anglosakslarga tobelikda davom etishni istaydigan, ikkinchisi esa – sekin-asta o‘z mustaqilligini o‘ziga qaytarishni istaydi. Birinchisi - Rossiya bilan doimiy qarama-qarshilikka mahkum, ikkinchisi esa - buyuk sharqiy qo‘shnisining hamkorligisiz o‘zi ham mavjud bo‘lmaydi.