Mo‘ynoqda aka-ukalar kanalda cho‘kib ketdi

Mo‘ynoqda aka-ukalar kanalda cho‘kib vafot etganliklari holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. 2 iyun kuni soat 14:00 chamasida Mo‘ynoq tumani Ubbiniyazov ko‘chasida yashovchi aka-uka J.R(2009 y.t.) va J.D.(2010 y.t.) shu tumandagi “Madeli” OFYda yashovchi N.Q.ning uyiga mehmonga borib, ushbu qishloqdagi “Qipshaqdaryo” kanaliga cho‘milganida, ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan.
Toshkent aeroportida qalbaki dollar olib kelgan shaxs ushlandi
Shu payt kanal yonidan o‘tib borayotgan qishloq odamlari bolalarni suvdan chiqarib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan, lekin, tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan ikkalasi ham vafot etgan.
Hozirgi kunda mazkur holat bo‘yicha Mo‘ynoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>