Migrantlarni emlash masalasi tez orada hal qilinadi - Rospotrebnadzor

Rossiyada chet elliklarni emlash masalasi yaqin orada hal qilinadi – Rospotrebnadzor.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Chet elliklarni emlash masalasi yaqin orada hal qilinadi, u hukumat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Rospotrebnadzor ma’lum qildi.
Ilgariroq, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi va Rospotrebnadzor migrantlarni, ayniqsa xizmat sohasida ishlayotganlarni emlashga e’tibor qaratishlari lozim, deb aytgandi.
Mehnat migrantlarini PSR testidan o‘tkazish bo‘yicha tibbiyot muassasalari tanlab olindi
Shuningdek, aprel oyi oxirida Rossiya musulmonlar kengashi rahbari Albir Krganov ushbu masalada fikr bildirgandi. Unga ko‘ra, Rossiyada qonuniy migrantlar koronavirusga qarshi emlanish imkoniyatiga ega va buni amalga oshirishi kerak.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>