TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 271 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100 997 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9), Andijon viloyatida (6), Buxoro viloyatida (4), Jizzax viloyatida (5), Qashqadaryo viloyatida (1), Navoiy viloyatida (2), Namangan viloyatida (5), Samarqand viloyatida (40), Sirdaryo viloyatida (5), Surxondaryo viloyatida (2), Farg‘ona viloyatida (24), Xorazm viloyatida (7), Toshkent viloyatida (37), Toshkent shahrida (124) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 96 889 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 3 415 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Vaksinatsiya
Respublikada jami 2 191 525 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 402 979 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 786 290 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 2256 nafarni tashkil qildi.
O‘lim holatlari
Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 695 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 171,5 milliondan oshdi, 3,6 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,3 mln), Hindistonda (28,3 mln), Braziliyada (16,7 mln).