Xitoyda inson ilk bor parranda grippiga chalindi

Xitoyda N10N3 parranda grippi infeksiyasi bilan dunyoda birinchi bor inson zararlanishi qayd etildi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Xitoyda N10N3 parranda grippi infeksiyasi bilan dunyoda birinchi bor inson zararlanishi qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, holat Szansu provinsiyasida aniqlandi.
41 yoshli erkak 23-aprel kuni isitmasi va o‘zini yomon his qilishidan shikoyat qilib, shifokor murojaat qiladi.
Nima uchun koronavirus Xitoyda paydo bo‘ldi – olimlar buning sababini aniqlashdi
28 aprel kuni bemorning ahvoli yomonlashgani sababli u mahalliy kasalxonaga yotqizildi.
Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va ularni oldini olish markazi 28-may kuni bemordan olingan namunalarni tahlil qilindi va unda malga oshirdi va H10N3 virusi aniqlandi.
Qayd etilishicha, ilgari dunyoda odamdan odamga H10N3 virusini yuqtirish holatlari qayd etilmagan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu "parrandadan virus odamga yuqishi" va "keng miqyosda tarqalish xavfi past darajada".