TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Samarqand viloyati Toyloq tumanida imtihonga kechikib kelgan o‘quvchiga tanbeh bergan maktab direktori o‘rinbosari kaltaklandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 26-may kuni direktor o‘rinbosari A.S. 9-sinf o‘quvchisi A.Sh. imtihonga kechikib kelganligi sababli unga tanbeh bergan. Shundan keyin o‘quvchi arazlab maktabdan chiqib ketib, shu kun amakisining o‘g‘illari M.Sh. va S.Sh.larni maktabga olib kelgan. Ular direktor o‘rinbosarini xizmat xonasida kaltaklab, unga tan jarohati yetkazishgan.
Ushbu holat yuzasidan Toyloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan M.Sh. va boshqalarga nisbatan JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.