TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. 3-4 iyun kunlari Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.
O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning Maulen Ashimbayev bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Shuningdek, tashrif doirasida Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘yish, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “Hazrati Imom”, Shayx Xovandi Tohur majmualari, Qaldirg‘ochbiy maqbarasi, Texnoparkka tashrif buyurish, ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumanlari o‘tkazish ham nazarda tutilgan.
Maulen Ashimbayev 2020-yil may oyidan buyon Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasining spikeridir. Deputatlar uni bir ovozdan saylashgan. Unga qadar bu lavozimda mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Dariga Nazarboyeva ishlagan.