Saylov kodeksiga o‘zgartirish kiritildi

Endilikda saylov bulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi, ish joyi kiritilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi 8–18 a’zodan iborat tarkibda tuziladi. Ilgari 6-8 nafar edi.
Endilikda saylov bulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish joyi kiritilmaydi.
Rasman: prezident saylovlari oktabr oyida o‘tkaziladi
Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amaldagi Saylov kodeksiga qator o‘zgartishlar kiritilishi kutilayotgani xabar qilingan edi.