O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlanadiganlar ro‘yxati kengaytirildi

31 maydan bu ro‘yxatga chet elga o‘qishga boradigan talabalar, jurnalistlar, blogerlar, yozuvchilar qo‘shildi.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanadiganlar ro‘yxati kengaymoqda. Bu haqda respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirova ma’lum qildi.
“31 may kunidan boshlab bu ro‘yxatga chet elga o‘qishga boradigan talabalar, ommaviy axborot vositalari (jurnalistlar, blogerlar), yozuvchilar, teleradiokompaniyada xizmat qiluvchi xodimlari qo‘shildi”, - dedi Toirova.
Samarqand va Namangan viloyatlarida aholini “Sputnik V” bilan emlash boshlandi
O‘zbekistonda aholini 1-apreldan koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlangan edi. Birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori kishilar, tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasa tarbiyalovchilari hamda surunkali xastaliklari bor fuqarolarni emlashga e’tibor qaratildi. Aholi ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca va “Sputnik V” vaksinalari bilan emlanmoqda. Ayni kungacha mamlakatda jami 1,9 milliondan ziyod vaksina dozasidan foydalanilgan.