NATO Afg‘onistondan qo‘shin olib chiqilgandan so‘ng kelgusi rejalari haqida ma’lum qildi

Afg‘onistondan qo‘shin olib chiqilgandan so‘ng, NATO Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini, shu jumladan mamlakatdan tashqarida tayyorlashni davom ettiradi - Yens Stoltenberg.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Afg‘onistondan qo‘shin olib chiqilgandan so‘ng, NATO Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini, shu jumladan mamlakatdan tashqarida tayyorlashni davom ettiradi, dedi alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg. RIA Novosti.
Ertaga, 1-iyun kuni ittifoqchi davlatlarining tashqi ishlar va mudofaa vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
AQShning Afg‘onistondan chiqishi va general Do‘stum qo‘zg‘oloni
"Biz Afg‘onistonda harbiylar sonini nolga yetkazishga qaror qildik. Ammo biz boshqa yo‘nalishlarda ko‘mak berishni faollashtiramiz, afg‘on xavfsizlik kuchlarining salohiyatini oshirish, ularni moliyalashtirish, mashq o‘tkazish, shu jumladan mamlakat tashqarisida qo‘llab-quvvatlaymiz”, - dedi u Brusselda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.