TOShKENT, 31-may — Sputnik. Google geolokatsiya funksiyasidan foydalangan holda foydalanuvchilarni kuzatib borishini tan oldi. Bu haqda Business Insider sud jarayoni materiallari asosida xabar qildi.
O‘tgan yili Arizona bosh prokuraturasi korporatsiyani ma’lumotlarni noqonuniy yig‘ishda ayblab, Google’ga qarshi da’vo arizasini sudga berdi. Ta’kidlanishicha, telefon o‘chirib qo‘yilganda ham, kompaniya geolokatsiya ma’lumotlarini olishni davom ettirgan.
Bundan tashqari, "faktlarni buzib ko‘rsatish va/yoki yashirishga" yo‘l qo‘yib, foydalanuvchilardan maxfiylik sozlamalarini "yashirishga" majbur qilishgan.
Hujjatlarga ko‘ra, korporatsiya geolokatsiyani aniqlash uchun turli xil xizmatlardan, shu jumladan Wi-Fi va hatto Google bilan bog‘liq bo‘lmagan dasturlaridan foydalangan.
Kompaniya foydalanuvchilarga ularning joylashuvi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash uchun maxfiylik sozlamalarini topishni murakabblashtirilganligini Google xodimlari bilishgan.
Googlening sobiq vitse-prezidenti, "Google Xaritalar"ni ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan Jek Mensel guvohlik berishicha, Google foydaluvchining uy manzili va ish joyini aniqlashiga yo‘l qo‘ymasligi uchun foydalanuvchi o‘zi mustaqil ravishda bu ma’lumotlarni ataylab noto‘g‘ri ko‘rsatishi kerak.