TOShKENT, 31-may — Sputnik. Hindistonda so‘ng Misrda 7 kishi “qora mog‘or” – mukormikoz kasalligiga chalindi.
Bundan avval bu o‘ta xavfli kasallik Hindistonda aniqlandi: shifokorlar infeksiya miyaga o‘tib ketmasligi uchun bemorlarning ko‘zlarini olib tashlashga majbur. Qora mog‘or”ga chalingan bemorlarning taxminan 60 foizi ko‘zlarini yo‘qotishgan.
Misrda kasallik paydo bo‘lgani haqida Zakazik universiteti rektori Usmon Sha’lon ma’lum qildi.
Rektorning so‘zlariga ko‘ra, barcha holatlar Sharqiya viloyatida qayd etildi.
“Uch nafar bemor mog‘or bilan zararlangan organlarni olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, bir nafar bemorning ahvoli og‘ir”, - dedi rektor.
“Qora mog‘or” sporalari tuproq, chang va organik chirish mahsulotlarida saqlanadi. Bu zamburug‘ odam organizmiga aksariyat holatlarda o‘pkani sun’iy shamollatish qurilmalari orqali tushadi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, mukormikoz boshqa zamburug‘lar kabi uzoq vaqt davomida gormonlar bilan davolangan va kislorod ta’minotiga ulangan COVID-bemorlarda aniqlanmoqda.
Kasallik, shuningdek, katta dozada steroidlar olgan diabetiklarda ham uchramoqda. Ushbu infeksiya ko‘z, o‘pka va burun-halqumni shikastlaydi.
Ayni vaqtda Hindistonda “qora mog‘or”ga chalinganlar soni 11 mingdan oshdi.