Sirdaryoda elektropoyezd 22 yoshli ayolni urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida poyezd ayolni ikkiga bo‘lib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.
Sputnik
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Sirdaryoda elektropoyezd 22 yoshli ayolni urib yubordi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida poyezd ayolni ikkiga bo‘lib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.
IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi holat yuzasidan bergan ma’lumotga ko‘ra, 24-may kuni soat 13:30 larda Sirdaryo viloyati IIB navbatchilik qismiga "Xovos—Toshkent" yo‘nalishidagi yo‘lovchi elektropoyezdi Xovos aylanma yo‘lining 2-kilometri 6-piketida 25-30 yoshlar atrofidagi shaxsi noma’lum ayol kishini urib yuborgani haqida xabar kelib tushdi.
“Ojiza ayolning nomusiga tegdi”: Surxondaryo viloyati IIB video yuzasidan ma’lumot berdi
Tezkor surishtiruv ishlari natijasida ayol 1999-yilda tug‘ilgan, Xovos tumani “Gulbahor” MFYda yashagan T.Sh. ekanligi va o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida elektropoyezd urib yuborganligi aniqlandi.
Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Xovos transport prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.