Kreml Rossiyani “normal bo‘lmagan mamlakat” deb atagan Polsha prezidentiga javob qaytardi

Dmitriy Peskov Rossiya qo‘shni mamlakatlar, jumladan, Polsha bilan do‘stona munosabatlarga intilishini ta’kiladi.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Polsha prezidenti Andjey Dudaning so‘zlariga munosabat bildirdi.
Duda Gruziyaga rasmiy tashrifi davomida Rossiyani “normal bo‘lmagan mamlakat” va “tajovuzkor” deb atagan edi.
“Biz bunday gaplarga juda yomon munosabatdamiz. U bizga ma’qul emas, va biz uni qabul qilmaymiz”, - dedi Peskov.
U Rossiya do‘stlikni sevuvchi, kuchli, o‘ziga ishongan va mustaqil mamlakat ekanini ta’kidlagan. Bu sifatlarga ega bo‘lgan holda qo‘shni mamlakatlar, jumladan, Polsha bilan do‘stona munosabatlarga intiladi.
Zaxarova Polsha TIV rahbarining “bahsdagi g‘alaba” haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi
“Mamlakatimizga bo‘lgan nafrat ayrim polshalik siyosatchilar, jumladan, prezidentning ham (Polsha prezidenti Anjey Duda) ko‘zlarini to‘ldirayotgani, va bu ularga siyosiy donolikni namoyon etishga imkon bermayotganidan achinamiz”, - dedi Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.