Koronavirus: yana 1 kishi vafot etdi, kunlik holatlar 280

O‘zbekistonda sutka davomida 280 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99 344 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 280 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99 344 nafarni tashkil qilmoqda.
Virusologlar yangi xavfli pandemiya haqida ogohlantirishdi
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8), Andijon viloyatida (4), Buxoro viloyatida (1), Jizzax viloyatida (5), Qashqadaryo viloyatida (8), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (6), Samarqand viloyatida (46), Sirdaryo viloyatida (7), Surxondaryo viloyatida (1), Farg‘ona viloyatida (13), Xorazm viloyatida (9), Toshkent viloyatida (59), Toshkent shahrida (110) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 94 952 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.
Koronavirus O‘zbekistonda: kunlik holatlar 200 dan ortiq
Ayni paytda 3 707 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Vaksinatsiya

Respublikada jami 1 738 830 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 239 736 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 499 094 nafarni tashkil qildi.

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 685 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 168,2 milliondan oshdi, 3,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,2 mln), Hindistonda (27,2 mln), Braziliyada (16,2 mln).