Hindistonda “Yaas” to‘foni sabab millionlab kishi evakuatsiya qilindi

Sputnik
Hindistonda Odisha va G‘arbiy Bengaliya shtatining sohil hududlaridan yopirilib kelayotgan “Yaas” to‘foni tufayli 3,5 million kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda NDTV telekanali mahalliy rasmiylar ma’lumotiga tayangan holda xabar qildi.
Milliy meteorologiya xizmati prognozlariga ko‘ra, “Yaas” yaqin vaqt ichida Paradip va Sagar oroli o‘rtasidagi sohilga yaqinlashadi. Aholi kuchli yomg‘ir yog‘ishi va soniyasiga 51 metr tezlikda harakatlanadigan shamolga duch keladi. To‘fon Bengal ko‘rfazi tomonidan harakatlanmoqda.
Odishada qariyb 3 million kishi, G‘arbiy Bengaliyada esa 500 ming kishi o‘z uylarini tark etgan. Aholi kuchli tropik bo‘ron yopirilayotgan hududni tark etishni davom etmoqda.