TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya fuqaroligini olgan migrantlarga Konstitutsiya beriladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘iga asosan birinchi pasportni olayotgan fuqarolarga Konstitutsiya taqdim etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
1 iyuldan boshlab Rossiya pasportini birinchi marta olgan fuqarolarga, xususan 14 yoshli rossiyaliklar, shuningdek Rossiya fuqaroligini olgan chet elliklarga Konstitutsiyaning nusxasi beriladi.
Hukumat qarori bilan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi pasporti to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu vatanparvarlik tarbiya darajasini oshirish, davlat ramzlariga nisbatan ehtiyotkorlik va hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga yordam beradi.