TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov bilan uchrashuvda tojik-qirg‘iz chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qildi.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni diqqat va katta xavotir bilan kuzatgan. Putin yaqinda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Moskvada tashrif bilan bo‘lgani va u bilan ham bu masalani muhokama qilganini ta’kidladi.
“Ikki tomonning barcha bahsli masalalarni shunga o‘xshash muzokaralar chog‘ida hal qilish kerakligi to‘g‘risidagi qarorini ijobiy qabul qildik”, - dedi Putin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U bu maqsadga aynan shunday usul bilan erishish mumkinligiga ishonch bildirdi.
“Sizlarga bu masalalarda yordam berish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, - deya ishontirdi Rossiya rahbari.