“Ojiza ayolning nomusiga tegdi”: Surxondaryo viloyati IIB video yuzasidan ma’lumot berdi

Surxondaryo viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda “Ojiza ayolning nomusiga tegdi” sarlavhasi ostida tarqalgan videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Surxondaryo viloyati IIBning mas’ul xodimlari tomonidan ushbu videomurojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.
2021 yil 9-may kuni fuqaro P.G. ismli ayolning Oltinsoy tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021-yil 8-may kuni soat 23-00 larda “Ipok” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.O. “Neksiya” rusumli avtomashinada Oltinsoy darosi bo‘yiga olib borib, nomusiga tegmoqchi bo‘lganligini, P.G. ismli ayol rozi bo‘lmagandan so‘ng uni “Ipok” mahallasida joylashgan “Shox nur fayz” MChJ binosining xonasiga olib borib, jinsiy aloqa qilganligini, jinsiy aloqadan so‘ng xonadan tashqariga chiqarib yuborganligini, xonada unga tegishli bo‘lgan narsa-buyumlar qolganligini hamda narsalarini qaytarilishida va fuqaro Sh.O.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishida amaliy yordam so‘ragan.
Andijonda zo‘rlangan 18 yoshli kelin voqeasi Senat nazoratiga olindi
Fuqaro P.G. ismli ayolning arizasi shu kuni tuman IIB navbatchilik qismining kitobida qayd qilinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish tergov guruhiga yuklatilgan.
2021 yil 9-may kunida fuqaro P.G. ismli ayolning va Sh.O.larning tanasida tan jarohatlari va ularning izlari mavjudligini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining 2021-yil 9-may kunidagi xulosasiga ko‘ra fuqaro P.G. ismli ayolning o‘ng yelka o‘rta uchligi ikki tomondan qontalash aniqlangan, og‘irlik darajasiga ko‘ra “yengil” tan jarohati toifasiga kirishi ko‘rsatilgan, P.G. ismli ayolning tanasining boshqa joylarida tan jarohatlari aniqlanmagan.
Andijonda bir guruh erkak yosh kelinni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Sud-tibbiyot ekspertizasining 2021-yil 9-may kunidagi xulosasiga ko‘ra fuqaro O.Sh.ning tanasida biron-bir tan jarohatlari va ularning izlari aniqlanmagan.
2021 yil 9-may kunida fuqaro P.G. ismli ayolning ko‘rsatuvlariga asosan Oltinsoy darosini oldi va “Ipok” mahallasida joylashgan “Shox nur fayz” MChJga tegishli bo‘lgan binoning xonasi JPK talablariga asosan tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida olingan narsa-buyumlarda ishga alokadorligi va xolatga oydinlik kiritish maksadida bir kator tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Hozirda Oltinsoy tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>