Lukashenko G‘arbga “qo‘li uzun” ekanini ko‘rsatib qo‘ydi

Biror kishini hibsga olish uchun samolyotni majburlab to‘xtatish amaliyoti oldin Isroil, Turkiya va Eron tomonidan qo‘llanilgan. AQSh esa nafaqat o‘z osmonida, balkim NATOning istalgan davlati osmonida samolyotlarni to‘xtatib olishi mumkin.
Sputnik
Bugun Belarus nomi yana diqqat markazida. Aleksandr Lukashenko yana bir bor undan hech kim kutmagan ishni qildi. Bir necha soat oldin Minsk aeroportida Belarusda Belarus fuqarosi Roman Protasevich qo‘lga olindi.
Protasevich – Belarusda 2020-yilda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarining bosh tashkilotchi OAVi hisoblangan Nexta telegram-kanalining bosh redaktori. U 2019-yilda Belarusni tark etib, Polshada yashab kelgan va yaiin vaqt ichida vataniga qaytishni rejalashtirmagan bo‘lgan.
Berlin belarus muxolifatini qo‘llab-quvvatlashga 21 millionga yaqin yevro ajratdi
Minskda Protasevichga qarshi “ommaviy tartibsizliklar uyushtirish” bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib u va Nexta asoschisi Stepan Putilo “terrorchilarga aloqador shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Nexta

Belarus muxolifatchilari Protasevich va Putilo tomonidan 2015-yilda yaratilgan YouTube kanal. 2017-yilda uning Telegram versiyasi paydo bo‘ldi. 2020-yil 9-avgustdan so‘ng Belarusda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari aynan ushbu OAV orqali koordinatsiya qilingan. 2020-yilning 20-oktabrida Belarus Oliy sudi tomonidan ekstremistik deb tan olingan.

Xo‘sh, qanday qilib u Minskka kelib qoldi? Bu tasodifmi yoki Belarus kuchlarining maxsus operatsiyasi? Albatta ikkinchis, lekin Minsk buni hech qachon tan olmaydi.
Protasevich Afinadan Vilnyusga uchayotgan edi, parvoz yo‘nalishi Belarus havo hududi orqali o‘tgan. Ryanair kompaniyasi samolyoti Litva chegarasiga yaqinlashib qolganda, u kutilmaganda ortga qayirilib, Minsk aeroportiga qo‘ndi. Samolyot bortiga joylashtirilgan bomba haqidagi xabardan so‘ng, uchuvchilarning o‘zi Minsk aeroportiga qo‘nishni so‘ragan. Guvohlar shuningdek samolyot bortida yo‘lovchilardan birining ekipaj a’zosi bilan bo‘lgan mushlashuvi ham sabab bo‘ldi deyishmoqda. Nexta esa u odam “KGB xodimi bo‘lganini” ta’kidlamoqda.
Lukashenko buyrug‘iga asosan Yo‘lovchi samolyotni kuzatib qo‘yish uchun havoga ikkita MiG-29 ko‘tarilgan. Samolyot Minsk aeroportiga qo‘nganidan so‘ng esa, u sinchiklab tekshirilgan va bir necha soatdan keyin yo‘lini davom ettirgan. Faqat yo‘lovchilar orasda bir kishi yo‘q edi – Roman Protasevich Belarus hukumati tomonidan hibsga olingan. Belarus JKning Protasevich ayblanayotgan bandida 15-yilgacha ozodolikdan mahrum etishni nazarda tutadi.
Belarus muxolifati, albatta, shu zahotiyoq bir necha bayonotlar bilan chiqdi. Muxolifat rahbari Svetlana Tixanovskaya ushbu holatn “terrorizm akti” deb atadi va Belarusni Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotidan (ICAO) chiqarishni va Belarus ustidan parvozlarni bekor qilishni talab qildi.
Yevropada ham bir necha amaldorlar keskin bayonotlar bilan chiqdi. Xususan Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen “bu misli ko‘rilmagan ish” dedi, Fransiya TIVi bo‘lsa “bunga butun Yevropa bo‘lib javob qaytarishni” talab qildi. Yevroparlamentdagi eng yirik fraksiya yetakchisi Donald Tusk Lukashenkoni “xalqaro xavfsilikka tahdid” deb atadi va barcha Yevropa hukumatlaridan ushbu ishga “aralashishni” talab qildi.
Belarus muxolifati "Venesuela ssenariysini" xohlaydi - Sergey Lavrov
Ularning javobini uzoq kutishga to‘g‘ri kelmaydi. Ertaga Brusselda shundoq ham Yevroitifoq rahbarlari sammiti rejalashtirilgan edi. U yerda muhokama qilinadigan eng asosiy mavzu Rossiya bo‘lishi kerak edi, endi Belarus ham qo‘shiladi. Umuman G‘arb ularning ikkalasini ham bir davlatdek qabul qilishadi va birdek yomon ko‘rishadi. Ozodlikparvarlar asosiy maqsadi esa - Belarus va Rossiyani bir-biridan ajratish, ularni bir-biriga dushman qilish edi.
“Ozod Yevropa” va “Yevroradio” OAVlarida ishlab kelgan Roman Protasevich esa aynan shu maqsadga xizmat qilgan. Nexta telegram kanali esa uning biografiyasidagi qisqa, lekin eng yorqin damlardan biri bo‘ldi. Undan oldin u “Ozod Yevropa” muxbiri sifatida ko‘p marotaba Ukrainning janglar bo‘lgan ATO hududiga (Donbass) ko‘p marotaba tashrif buyurgan. Uning fikriga ko‘ra, Rossiya – agressor, Putin – jinoyatchi, Belarusga esa – G‘arbiy vektor kerak. Xullas – bu yerda hech qanday yangi gap yo‘q.
Rossiyalik navalniychilar ham u bilan hamnafas. Ularning vaqtinchalik boshlig‘i Leonid Volkov Aleksandr Lukashenkoni xalqaro terrorchi deb atadi va uni maxsus kuchlar yordamida hibsga olib Gaagada sud qilishni taklif qildi.
Ha, albatta, qo‘shin kiritish, xorijda sud qilish. Amerikaliklar hech qachon boshqa davlatlarga bostirib kirmagan, prezidentlarni o‘ldirmagan. Samolyotlarni ham faqa “dahshatli Lukashenko” qaytaradi.
Shu o‘rinda Ukraina maxsus xizmatlari o‘tgan yilda Minskda uyushtirgan ig‘vosini esga olsak. Belarus prezidenti saylovi arafasida bir guruh rossiyalik xususiy harbiy kompaniya jangchilari hibsga olingan edi. Keyin ma’lum bo‘lishicha ularni xorijda ishlash bahonasida Ukraina maxsus xizmatlari Belarusga olib kelgani ma’lum bo‘lgan. Maqsad – Putin Lukashenkoni taxtdan ag‘darishga urinayotgandek qilib ko‘rsatish.
Samolyotlarni qaytarish amaliyoti esa – 2016-yilda Ukraina maxsus xizmatlari Kiyev Minsk reysida uchayotgan jurnalist Armen Martirosanni qo‘lga olish uchun samolyotni majburlab qo‘ndirgan edi.
Shuningdek Isroil, Turkiya, Eron ham ana shunday amaliyotdan tez-tez foydalanib turadi. Amerika uchun esa bu - odatiy tajriba.
Samolyotda bomba o‘rnatilgani haqidagi xabar haqiqatdan bo‘lgani yoki bo‘lmaganini biz hech qachon bila olmaymiz. Agar Lukashenkoni qattiqqo‘llikda ayblashmoqchi bo‘sa, uni nisbatan ko‘rsatilayotgan bosim ana shuni talab qiladi. Axir uni qanday bo‘lsada “taxtdan qulatish” harakat qilishmoqda-ku.
YeI mamlakatlari Belarus muxolifatini qo‘llashdan nima manfaat ko‘radi - ekspert fikri
Shu o‘rinda Belarus maxsus xizmatlarining ushbu operatsiyasi muxolifatga o‘ziga xos signal bo‘ldi. Lukashenko ularni yer ostidan qulog‘idan tortib chiqara olmasa-da, Belarus osmonidan oyog‘idan tortib tushirib olishi mumkinligini yaxshigina ko‘rsatib qo‘ydi.
Lukashenkoni qattiqqo‘l deganlar Amerikaga nazar solsa bo‘ladi. Ular samolyotlarni nafaqat AQSh osmonida, balkim qo‘li yetgan istalgan mamlakat osmonidan yerga qo‘ndirishi mumkin.
Masalan 2013-yilning 2-iyulida Moskvadan havoga ko‘tarilgan Boliviya prezidenti Evo Moralesning samolyoti AQSh tomonidan (NATO hamkorlari orqali) majburlab Venada qo‘ndirilgan edi. Ular samolyotni sinchiklab ko‘zdan kechirib keyin qo‘yib yuborishgan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, AQSh Boliviya 1 sonli bortida Edvar Snoudenni qidirgan ekan. O‘sha vaqtda Sdouden Sheremetyevo aeroportining xalqaro tranzit zonasida Rossiya hukumati qarorini kutib yashayotgan edi. Boliviya esa Snoudenga yashashga ruxsatnoma bergan davlatlardan biri edi.

Shundoq ekan, Lukashenko bu borada amerikadan hali ancha ortda. Shuningdek u umumjahon gegemonligiga ham da’vo qilayotgani yo‘q. U o‘z davlatini Roman Protasevich kabi “ozodlikparvarlardan” asrab qolmoqchi xolos.

Uni albatta otib tashlashmaydi. Uzog‘i bilan 10-yil o‘tiradi, balkim undan ham oldin amnistiya bilan ozod qilinadi. Lukashenko uchun muhimi, uni jazolash emas, balkim G‘arbga uning “qo‘li uzun” ekanini ko‘rsatib qo‘yishdir.
G‘arb esa yaqin orada nafaqat Minskka nisbatan balkim Moskvaga nisbatan ham bosimni kuchaytiradi. O‘z suverenitetini himoya qiliayotgan ittifoqdosh mamlakatlar uchun bu yangilik emas, o‘rganib qolishgan.