TOShKENT, 19-may — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining qaror bilan 2021-yil 1-sentabrdan boshlab ID-kartalari mavjud haydovchilardan bir qator hujjatlar talab qilinmaydi. 19-maydan boshlab hujjatlarni ID-karta yordamida tekshirish amaliyoti Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, haydovchining ID-kartasi bo‘lsa, quyidagi hujjatlarni undan talab etish tartibi bekor qilinadi:
vositasini boshqarish uchun notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma;
avtomototransport texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga, ya’ni qoraytirishga ruxsatnoma.
Ta’kidlanishicha, "e-Protokol" axborot tizimi takomillashtirilib, yo‘l patrul xodimlariga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan planshetlar yordamida ID-kartani o‘qish orqali fuqaroning ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.
"ID-karta" orqali tekshirilganda, ma’lumotlar aniqlanmagan yoki tizimda uzilishlar bo‘lgan holatlarda barcha haydovchilardan inspektorga ushbu hujjatlarni aslini taqdim etishilarini, shuningdek, vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab qolamiz", - deyiladi boshqarma xabarida.
O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvardan shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini joriy etish boshlangan va 2030-yilgacha pasportlarni ID-kartalarga almashtirish rejalashtirilgan. ID-kartalar faqat O‘zbekiston hududida amal qiladi. Mamlakatdan tashqarida sayohat qilish uchun chet elga chiqishda O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti (xorijga chiqish pasporti) talab qilinadi.