O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi oshdi

Zavkizoda O‘zbekiston Tojikistonning asosiy strategik sheriklaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi rahbari Zavki Zavkizoda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalarning 8-yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Zavkizoda O‘zbekiston Tojikistonning asosiy strategik sheriklaridan biri deb aytdi.
O‘zbekiston va Tojikiston savdo aylanmasini qanday qilib 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yilning birinchi choragida davlatlar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 104 million dollardan oshdi. Bu ko‘rsatkich 2020-yilning shu davriga nisbatan 23,1 million dollarga ko‘p.
Muzokaralar davomida tomonlar asosiy e’tiborni savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalarga qaratishga kelishib oldilar, shuningdek, Tojikistonning erkin iqtisodiy zonalarida qo‘shma korxonalar qurishni muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida vazirlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.